Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakat hududida Rossiya kosmik-havo kuçlari bazasini joylaştiriş ehtimoli haqidagi muhokamalarni safsata deb atadi, ammo Moskvaga Minsk va Vitebsk yaqinida Rossiya harbiy samolyotlarini joylaştirişni taklif qildi.

"Bu meni siyosatçi va rahbarlaringiz keçirsinlar, sizlar tomoningizdan (Rossiya) qilingan oddiy feyk. Balki urf bölgan sözni notöğri aytgandirman. Bu şunçaki safsata, u kimga kerak böldi, bilmayman", - dedi Lukaşenko "Exo Moskvi" radiostansiyasi efirida.

U Rossiyaga Belarus hududida harbiy baza kerak bölişiga şubha bildirdi.

"Ammo hududimizga öz samolyotlaringizni joylaştirişni istasangiz, ertaga şaxsan özim qabul qilişga tayyorman. Bizda samolyot, vertolyotlarimiz joylaştirilgan 5ta harbiy-havo bazasi bor. Marhamat, kelinglar", - dedi u.

"Marhamat, Minsk yaqiniga 50ta samolyot joylaştiring. Yoki Vitebsk yaqiniga 20ta samolyotni joylang. Heç qanday baza qurişning hojati yöq. Mavzu yopildi", - dedi Belarus prezidenti.

Noyabrda Belarus xavfsizlik kengaşi davlat kotibi Stanislav Zas "Belarus 1" telekanaliga bergan intervyusida Moskva Minskka Su-30SM qiruvçi samolyotlarini sotib olişda moliyaviy kömak berişni, ammo evaziga respublikada öz aviabazasini joylaştirişni taklif qilganini aytgandi. Uning sözlariga köra, Belarus rahbariyati qiruvçi samolyotlarni öz mablağiga sotib olişga qaror qilgan.