Jahon | 18:20 / 24.12.2019
5973
2 daqiqa o‘qiladi

Madridda maktab o‘quvchilariga mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanadi

Foto: Getty Images

Madridda maktab o‘quvchilariga mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanadi, deb ma'lum qildi Madrid muxtor hamjamiyati hukumati.

Bu yerda kelasi o‘quv yilidan boshlab darslarda mobil va boshqa qurilmalardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida yo‘riqnoma qabul qilish rejalashtirilmoqda. O‘quvchilarning tanaffus vaqtida telefonlardan foydalanishini esa maktab rahbariyati o‘zi hal qiladi.

Milliy statistika instituti ma'lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 22, 11 yoshlilarning 38, 12 yoshlilarning 64, 13 yoshlilarning 84, 14 yoshlilarning 92 va 15 yoshlilarning 94 foizi mobil telefonga ega.

Mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash barcha maktablarda joriy etiladi. Faqatgina o‘ta zarur hollarda ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.  

Bunga qadar o‘quv markazlari mobil telefonlardan foydalanish huquqiga ega edi. 

Madrid ushbu chora kiritilgan uchinchi hudud bo‘ladi – hozirda Galisiya va Kastiliya-la-Manchda maktabda telefondan foydalanish taqiqlangan. Fransiyada 2018 yildan buyon maktabga telefon va boshqa gadjetlarni olib kelish taqiqi mavjud.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid