Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minskda 2026-2030 yillarga möljallangan Belarusni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturini takomillaştiriş böyiça yiğilişda mobil telefonlarga bölgan munosabati haqida gapirib, fuqarolarni gadjetlarga kamroq qaram bölişga çaqirdi.
«Şu telefonlar uçun şunçalik qayğuryapmizmi? Yaxşisi, ularni özingiz bilan olib yurmang. Işlatmang. Ming marta aytganman. Menda mobil telefon yöq, lekin men yaşayapman!», dedi u.
Şuningdek, Lukaşenko şahar telefonidan foydalanişning afzalliklarini tuşuntirdi. Uning fikriça, mobil aloqa xufyona tinglovdan himoyalanmagan, şuning uçun oddiy statsionar telefondan butunlay voz keçmaslik kerak, ayniqsa amaldorlar.
«AQŞ yoki Kanada serverlarida suhbatingiz bölmaydi», dedi u.
Prezident raqamlaştiriş har doim ham xavfsiz emasligini ta’kidladi.
«Hamma narsani raqamlaştirişga hojat yöq, ba’zi ma’lumotlarni qoğozda saqlagan ma’qul. Bunda odamlar şaxsiy ma’lumotlar haqida haddan taşqari qayğurişiga hojat qolmaydi», dedi u.
Ma’lumot uçun, davlat rahbarlarining mobil telefonlardan foydalanişi kamdan-kam hollarda tasdiqlangan. Odatda ular gadjetlardan foydalanmaydi yoki davlat kriptotarmoqlari va şifrlangan aloqa kanallariga ulangan maxsus, öta himoyalangan qurilmalarni işlatadi.
Oddiy messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va ilovalar ular uçun taqiq ostida, çunki ularni xufyona tinglaş yoki buziş xavfi juda yuqori. Ijtimoiy tarmoqlarni prezidentning özi emas, matbuot xizmati yuritadi.

















