Samarqandlik Bekzod Tolibjonov 2018 yil boşida avtomobil davlat raqamlarini öğirlab, ularni qaytarib beriş uçun egalaridan arzimagan pul talab qilgani uçun qölga tuşgan edi.

U avtomobil davlat raqamini qaytarib beriş uçun 5 dollar miqdorida «tovon puli» söragan. 2000 yilda tuğilgan Bekzod jabrlanuvçining avtomobili old oynasiga quyidagiça xat qoldirib, tölovni «Qiwi» elektron hamyoni orqali amalga oşirişni talab qilgan.

Tolibjonov öz «xizmati» uçun talab qilayotgan pullarining bir qismini xayrli işlarga sarflaşini va'da qilgani uçun «samarqandlik Robin Gud» laqabini olgan edi.

Öşa qilgan qilmişidan puşaymon va ayni paytda hayotdagi töğri yölini tanlab olgan Bekzod tahririyatimizga murojaat qildi.

«2018 yilda men bir jinoyatga qöl urdim va bundan hozir juda afsuslanaman. Bu işim hayotimda öz aksini qoldirdi...» — deydi u.

Bekzod öz qilmişiga yaraşa jazosini olgaç, töğri xulosa çiqarib, hayotini iziga tuşirib oldi.

«Men Rigadagi universitetlardan biriga öqişga kirdim. Biroq afsuski, viza berişmagani uçun öqişga bora olmadim. Hozirgi kunda men mobil qurilmalar ta'miri böyiça xizmat körsatmoqdaman. Şuningdek, turli aksessuarlar — smartfonlarga ğiloflar sotaman. Yangi xizmat körsatiş nuqtalari oçmoqçiman», — deydi B.Tolibjonov.

U jinoyat sodir etgaç, nimalarni boşdan keçirganini ham qisqaça sözlab berdi:

«Öşa jinoyatga qöl urganimdan söng men muammolar girdobida qoldim. Tabiiyki, bu ota-onamga ham ta'sir qildi, köplab yaqinlarim, qöşnilarim men bilan gaplaşmay qöyişdi. Köplab döstlarim ham men bilan aloqa qilmay qöyişdi. Bunday yakkalaş, afsuski insonning kelajagiga yomon ta'sir körsatar ekan», — deydi u.

Şundan söng qanday qarorga kelganidan hikoya qildi: