Toshkentdagi «Zarafshon» konsert zalida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yillik hisobot kongressi va yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning birinchi qismida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2019 yilda qilingan ishlar va yutuqlar sanab o‘tildi.
Tadbirning ikkinchi qismida esa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e'lon qilindi:
«O‘zbek futboli nuroniysi» – Narimon Jalolov
«Fidoyilik ramzi» – Odil Ahmedov
«Yilning eng yaxshi futbol jurnalisti» – Qahramon Aslanov (Tribuna.uz)
«Muxlislar tashrifi» – «Navbahor»
«Eng yaxshi hudud assotsiatsiyasi» – Andijon
«Eng yaxshi yoshlar murabbiyi» – Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf»)
«Eng yaxshi yosh futbolchi» – Jasur Jaloliddinov («Bunyodkor»)
«Eng chiroyli gol muallifi» – Muzaffar Muzaffarov («Metallurg)»
«Eng yaxshi hakam» – Valentin Kovalenko
«Fair Play» – «Nasaf»
«Eng yaxshi futzalchi» – Akbar Usmonov (OKMK)
«Jasorat» sovrini – O‘zbekiston amputantlar jamoasi
«Eng yaxshi ayol futbolchi» – Umida Zoirova («Bunyodkor»)
«Superliganing eng yaxshi futbolchisi» – Dragan Cheran («Paxtakor»)
Superliga to‘purari –
















