Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tergov hibsxonalarining içki tartib qoidalariga özgartirişlar va qöşimça kiritiladi.

Muhokama uçun e'lon qilingan hujjat loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tergov hibsxonalarining içki tartib qoidalari 29-bandidagi “Ruhiy buzilişlari mavjud bölgan şaxslar” degan sözlar “Ruhiy holati buzilgan şaxslar” degan sözlar bilan almaştiriladi.

30-banddagi “Ruhiy kasallikka çalingan şaxslarga” degan sözlar “Ruhiy holati buzilgan şaxslarga” degan sözlar bilan almaştiriladi.

Quyidagi mazmundagi 168-1-band bilan töldiriladi:

“168-1. Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslar tergov hibsxonasining ma'muriyati hukm qonuniy kuçga kirganligi töğrisida sud xabarnomasini olgan kundan boşlab ön kunlik muddat içida jazoni ötaş uçun jönatiladi.

Uşbu muddat davomida mahkum:

qarindoşlari yoki boşqa şaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uçraşiş;

öz şaxsiy mablağlari hisobidan tölanadigan, ön beş daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali sözlaşiş huquqiga ega.

Ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan şaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etiş muassasalariga jönatiladi.

Qisqa muddatli uçraşuv va telefon orqali sözlaşuv tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib-qoidalarida belgilangan tartib asosida amalga oşiriladi.”.