Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov sohaning iqtisodiyotdagi roli haqida gapirib ötdi.
«Butun dunyoda xalqning farovonligi kapital bozori orqali akkumulyatsiya qilinadi. Klassik jihatdan, Özbekiston va boşqa rivojlangan mamlakatlarda bank sektori ana şu rolni öynaydi. Biroq bank sektorining öz limitlari mavjud. Bank sektori investitsiyalarning jami sektorini moliyalaştira olmaydi. Xatarli, yirik investitsiyalar, startaplar bor. Kapital bozori ana şuning uçun mavjud. Ayrim mamlakatlarda bank sektori mablağ jalb etiş uçun kapital bozoridan mustaqil ravişda foydalanadi.
Har qanday mamlakat, jumladan Özbekiston iqtisodiyotini ham kreditlaş hisobidan moliyalaştirib bölmaydi. Pul, mablağ allokatsiyasi aynan kapital bozorida optimal muhitda yuz beradi. Kapital bozori ana şu moliyaviy resurslarni aynan kim yaxşi qöllay olişini aniqlaydi», – dedi Nazirov kapital bozorini rivojlantirişning 5 yillik strategiyasi taqdimotida.













