Jismoniy shaxslarga davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish imkoni beriladi

O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish imkoniyati berilishi kutilmoqda.
Kapital bozorini rivojlantirishning besh yillik strategiyasi loyihasiga ko‘ra, 2020 yilning oxirgi choragiga qadar ushbu yo‘nalishda tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, hujjatga asosan iqtisodiyot uchun bazaviy stavkalarni belgilovchi davlat qimmatli qog‘ozlari uchun daromad egri chizig‘ini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Islom taraqqiyot bankining texnik ko‘magini jalb qilgan holda «Sukuk» obligatsiyalari ham joriy etiladi.
2020 yilda esa, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondida ishtirok etish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish orqali tijorat banklarini kapital bozoriga keng jalb etish choralari ko‘rilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, 2020 yilda Milliy xolding kompaniyasi tashkil etilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi kompaniyaning ustav kapitali davlat ulushi yuqori bo‘lgan kamida 10ta investitsiya-jozibador korxonalar ulushlarini berish orqali shakillantirilishi nazarda tutilgan.
Milliy xolding kompaniyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– korporativ boshqaruvni xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish;
– xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning rentabelligini oshirish;
– mahalliy va xorijiy fond birjalarida o‘z aksiyalarini joylashtirish;
– kasaba uyushmalari qo‘mitalari bilan hamkorlikda mazkur korxonalar maqsadlariga erishishdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida ushbu kompaniyalar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish.
Strategiya loyihasida 2021 yili lotereya, yutuqli o‘yinlar va aksiyalarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonini tartibga soluvchi «Lotereya to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Loyihada faqatgina davlat lotereya tashkilotchisi bo‘lishi mumkinligi belgilanishi mumkin.
2021 yilda, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va notijorat tashkilotlarining barcha huquqiy shakllarini yaratish va ularning faoliyatini tartibga soluvchi «Kompaniyalar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Strategiya loyihasi faqat rus tilida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Hujjatning o‘zbek tilidagi talqini bilan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rasmiy saytida tanishish mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:04
-
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 13:02
-
Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
Jamiyat | 12:47
Mavzuga oid

22:55 / 04.09.2024
Nvidia bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi

19:37 / 17.07.2024
Oltinning birjadagi narxi oshib, rekord darajaga yetdi

13:31 / 06.06.2024
Markaziy bank ilk bor xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritdi

20:16 / 03.01.2024