03:22 / 27.12.2019
1
10849

APL. «Liverpul» safarda «Lester»ni tor-mor etdi, Firminodan dubl

Foto: Reuters

Angliya Premer-ligasining 19-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda peshqadam «Liverpul» turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan «Lester» mehmoni bo‘lib, javobsiz 4ta gol urdi. «Qizillar» tarkibida kiritilgan to‘plarga Firmino(2ta), Milner va Aleksander-Arnold mualliflik qilishdi.

G‘alabadan so‘ng «Liverpul» ochkolarini 52taga yetkazib, eng yaqin ta'qibchisi «Lester»dan (39) 13 ochkoga o‘tib ketdi. Ustiga-ustak Yurgen Klopp jamoasi zaxirasida yana bitta o‘yin bor.

APL, 19-tur

Lester – Liverpul 0:4
26 dekabr, «King Pauer»
Gollar: Firmino (31, 74), Milner (71, penalti), Aleksander-Arnold (78).
Lester: Shmeyxel, Chiluell, Evans, Suyunju, Pereyra, Barns (Olbrayton, 58), Ndidi, Prat (Peres, 72), Tilemans, Meddison (Chouduri, 76), Vardi. 
Liverpul: Alisson, Roberson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Gomes, Keyta (Milner, 70), Henderson (Lallana, 82), Veynaldum, Mane, Saloh (Origi, 70), Firmino.
Ogohlantirishlar: Gomes (62), Meddison (73).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top