Oliy Majlis Senatining yigirma beşinçi yalpi majlisida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ma'qullangan edi. Davlat rahbari mazkur Qonunni imzoladi.
Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanovning yozişiça, Qonunda investitsiyalar belgilangan maqsadga köra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bölinadi.
Investitsiyalarni amalga oşiriş şakllari quyidagilardan iborat:
yuridik şaxslarni taşkil etiş yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) uluşli tarzda, şu jumladan mol-mulk va aksiyalar oliş yöli bilan iştirok etiş;
Özbekiston Respublikasida rezidentlari tomonidan emitentlangan qimmatli qoğozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini oliş;
konsessiyalarni oliş, şu jumladan tabiiy resurslarni qidiriş, özlaştiriş, qazib oliş yoki ulardan foydalanişga doir konsessiyalarni oliş, şuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda iştirok etiş;
mulk huquqi, şu jumladan intellektual mulk obektlariga bölgan huquq, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, işçanlik obrösi (gudvill), şuningdek savdo va xizmat körsatiş sohasi obektlarini ular joylaşgan yer bilan birgalikda oliş;
yer uçastkalariga egalik qiliş va ulardan foydalaniş (şu jumladan ijara asosida egalik qiliş va foydalaniş) hamda boşqa tabiiy resurslarga egalik qiliş va ulardan foydalaniş huquqini oliş.
Qonunda investitsiya faoliyatining obektlari va sub'yektlari batafsil yoritib ötilgan, şuningdek, hujjatda investorning, investitsiya faoliyati iştirokçisining huquqlari, majburiyatlari, investitsiya faoliyati sub'yektlarining huquqiy kafolatlari mustahkamlangan.
Soha qonun hujjatlarining investor uçun noqulay özgarişlariga qarşi kafolatlari yanada mustahkamlangan.
Xususan, Özbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalaş şartlarini yomonlaştirsa, investitsiya kiritgan sanada amalda bölgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan öşa sanadan boşlab ön yil mobaynida qöllanilişi belgilab ötilgan.
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş:

















