Xorijiy salohiyatli investorlar, sarmoyadorlarni Özbekistonga pul kiritişdan nima tösib turibdi, degan savol köpçilikni qiynab kelmoqda. Bu borada turli fikrlar bildiriladi va ularda asos ham bor. Çet ellik sarmoyadorlarni Özbekistonga investitsiya kiritişdan tösayotgan şunday muammolardan biri – bu qonun ustuvorligining yöqligi, joylarda har bir iş mahalliy hokimlik rahbarlariga boğliq bölib qolganligidadir. Bundan taşqari, xususiy mulkka bölgan munosabat bozor tamoyillariga asoslanmaganligidadir. Özbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Alişer A'zamxöjayev Kun.uz muxbiriga intervyu berar ekan, şular haqida söz yuritdi.

«Biz bu yerga malaka oşiriş böyiça ba'zi bir rahbarlarni tez-tez çaqirib turamiz. Şu jumladan, bir viloyat hokim muovinini ham taklif qildik. Birinçi muovinlari. U kişi bilan birgalikda har kuni uçraşuv böldi.

U kişi uçraşuvlarning birida örnidan turdi-da, (tadbirkorlarga qarata – tahr.) agar siz bizning viloyatimizga kelib, qaysi yerimizni bir nuqtasini körsatsangiz, sizga yoqqan bölsa, u yerda inşoot böladimi, park böladimi, boğ böladimi – şundoq buzaman-da, sizga beraman dedi. Özi uşbu muovin ham ataylab aytgani yöq, çunki bizda bu tabiiy hol. Bizning Özbekistonda, (mansabdor şaxsni – tahr.) mening eng yaqin döstim ekan, mardlik qilyapti, deb tuşunamiz.

Lekin turk tadbirkorlari hammasi menga közini olaytirib, hayron qarab turibdi: “sen keça bizga boşqaça gapirayotganding, bu nima deyapti”, degandek. Men birinçi muovinga sekin şipşidim: “ey, oğayni, bular mulkdor, yerga munosabati umuman boşqaça, agar birovning yerini bular uçun buzib beradigan bölsang, 3-4 yildan keyin bularnikini ham boşqa odamga buzib berar ekansan-da, (deb tuşunmasliklari uçun) heç bölmasa, gapingni suvab yuborib, (binosi) buzilgan odamga kompensatsiya beraman, pulini beraman, deb aytgin, desam, hokimimiz muovini meni tuşunmayapti», - deya ta'kidladi Alişer A'zamxöjayev.

Elçi janoblari yana bir misol bilan boşqa turk tadbirkori Özbekistonga sarmoya yotqizişdan bir zumda voz keçgani, şu bilan birga, u nima uçun bunday qarorga kelganini izohlaganini ham ma'lum qildi.

«Yaqinda yana bir hokimiyat vakillaridan biri keldi. Bir korxona rahbarining oldiga olib bordik. Judayam baquvvat (badavlat – tahr.) odam. Men uni ikki oy (mobaynida – tahr.) “Özbekistondan zöri yöq, Özbekiston sening vataning böladi, u yerda uy sotib olasan, şu korxonani öşa yerda qurmasak bölmaydi”, deb juda işontirganman. Tadbirkor tayyor, pişib turibdi.