Urugvaydagi Montevideo porti bojxonasi xodimlari mamlakat harbiy-dengiz kuchlari xodimlari bilan birgalikda umumiy vazni 4,4 tonna kokain joylangan konteynerlarni to‘xtatib qolishdi. Bu haqda Urugvay bojxona xizmati xabar berdi.
Mamlakat bojxona xizmati boshlig‘i Xayme Borjining ma'lum qilishicha, ushbu kokain partiyasining Yevropa bozoridagi narxi 1 mlrd dollar atrofida.
Kokain soya donlari joylangan yuklar orasiga yashirib qo‘yilgan bo‘lgan.
Bunga qadar Montevideoda ushlangan eng yirik partiyadagi kokain vazni 3 tonnani tashkil etgandi.















