Hindiston 24 ta suv osti kemasi qurişni rejalaştirmoqda. Ulardan oltitasi atom suv osti kemasi böladi, deb xabar berdi mamlakat harbiy-dengiz kuçlari tomonidan parlamentga taqdim qilingan ma'ruzaga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali. 

Ta'kidlanişiça, energetik qurilmali 18 ta va atom zarbdor 6 ta suv osti kemasi quriş rejalaştirilgan. Hujjatga köra, hozirda Hindiston harbiy-dengiz kuçlari qurollanişida 15 ta noatom va 2 ta atom suv osti kemasi mavjud. Noatom suv osti kemalaridan aksariyatining yoşi 25 yildan oşgan.  

Hindiston mudofaa vazirligi yangi suv osti kemalari qurilişi uşlanişi sababli eskilarining xizmat muddatini oşiriş böyiça işlarni ötkazişni ma'qullagan.  

Xitoy harbiy-dengiz kuçlarining Hind okeanida faolligi oşgani sababli Hindistonda infratuzilmani modernizatsiya qiliş, jumladan yangi kemalar va suv osti kemalari qurişga qaror qilingan.