Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasining 2019 yilga möljallangan Investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4067-sonli qaroriga köra, Navoiy viloyatidagi yirik sanoat korxonasi “Qizilqumsement” AJ tomonidan umumiy qiymati 5,1 mln. AQŞ dollarlik investitsiya loyihasi amalga oşirildi. 

Ya'ni, bugun energiya tejamkor, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sement işlab çiqaruvçi 8-tegirmon qurilib foydalanişga topşirildi. Tegirmon uçun uskunalar Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan bölib, uning yillik quvvati 500 ming tonnani taşkil etadi. 

Ma'lumki, "Qizilqumsement" AJ sement işlab çiqariş böyiça mamlakatda eng yirik korxona hisoblanadi. Zavodning yillik işlab çiqariş quvvati 3,5 mln tonnani taşkil etadi. Aytiş kerak, joriy yilda “Qizilqumsement” AJ respublikada birinçi bölib M-600 markali yuqori sifatli sement işlab çiqarişni yölga qöydi.

“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi
Matbuot xizmati