2021 yilning oxirgi kunida Özbekistondagi eng yirik sement zavodlardan biri «Qizilqumsement» AJ ustav kapitalidagi 86,92 foiz davlat uluşi 1,89 trillion sömga United Cement Group’ga(ba’zi ekspertlarning fikriça offşor kompaniya) sotilgandi. Natijada Kiprda röyxatdan ötgan uşbu kompaniyaning Özbekistonda egalik qiladigan sement zavodlari soni («Quvasoysement» va «Bekobodsement» bilan birga) 3taga yetdi.
Qöldan qölga ötayotgan zavodlar. Özbekistondagi sement zavodlari bilan nimalar bölmoqda?
Ammo bu xususiylaştiriş jarayoni investorlarda qator savollar va noroziliklarni keltirib çiqardi. Xususan, Fusion Wealth Management Ltd. kompaniyasi menejyeri Maykl MakGofiga köra, uşbu xususiylaştiriş jarayoni şaffof tarzda amalga oşmagan.
Investor 2021 yilning kuzida ötkazilgan Toşkent investitsiya forumidan söng Özbekistonga nisbatan işonçi va umidi juda katta bölgani, ammo bu kabi bitimlar xususiylaştiriş/islohotlar dasturini savol ostiga qöyayotganini ta’kidladi.
MakGofi Linkidenʼdagi sahifasida «Qizilqumsement»ning xususiylaştirilişi böyiça fikrlarini bildirdi.
«Ma’lumot uçun, men işlayotgan fond va şaxsan özim 2018 yilning boşidan beri «Qizilqumsement»ga investorlik qilib kelamiz. Özbekiston fondimiz faoliyat yuritadigan eng yirik mamlakat.
2021 yilning oxirida zavodning har bir aksiyasi uçun 6500 söm taklif etilayotgandi, biroq narx 4859 söm etib belgilangan. Bu bozor narxiga nisbatan 20 foiz arzonroq va mantiqqa töğri kelmaydi.
Firmani boşqariş imkoniyati juda qimmatga tuşişi sababli bu kabi oldi-sotdilar joriy narxlardan ança yuqori qiymatlarda sodir böladi. Ammo «Qizilqumsement» bilan buning teskarisi böldi. Xarid qilayotgan firma zavodni bozor narxiga nisbatan ham ança çegirma bilan olgan.
Bu UzAssets motivlarini şubha ostiga qöyadi. Nima uçun ular bozordan narxlariga nisbatan ança pastroq bahodagi şartnomani ma’qullagan? Yil yakunida savdo sessiyasi yopilişidagi oxirgi bitim bahosi 6500 sömni taşkil etgandi.












