Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumsement” AJda klinker işlab çiqariş böyiça törtinçi texnologik liniyani quriş” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanişini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

“Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasining yiliga 1,8 mln klinker işlab çiqariş quvvatiga ega, umumiy qiymati 112,63 mln yevroga teng bölgan “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida klinker işlab çiqariş böyiça törtinçi texnologik liniyani quriş” investitsiya loyihasini 2020-2021 yillarda amalga oşiriş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
 
Investitsiya loyihasining moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilanadi: 

“Hamkorbank” ATBning 19,81 mln yevro miqdoridagi krediti;

“Qizilqumsement” AJning 92,82 mln yevro miqdoridagi öz mablağlari.

“Qizilqumsement” AJda klinker işlab çiqariş böyiça törtinçi texnologik liniyani quriş” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanişining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlanadi.

Investitsiya loyihasi “tayyor holda topşiriş” şarti asosida (Engineering Procurement Construction) “fast-track” uslubida (bir vaqtning özida loyihalaş, xarid qiliş va quriliş işlari) amalga oşirilib, “Qizilqumsement” AJ belgilangan tartib va muddatlarda loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqilişi va vakolatli ekspertiza organlarida ma'qullanişi ta'minlanadi.
     
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi şaharsozlik faoliyati sub'yektlari tomonidan quriliş-ta'mirlaş işlarini loyiha hujjatlariga muvofiq amalga oşirilişi ustidan nazoratni amalga oşirilişini belgilangan tartibda ta'minlaydi.  
     
Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi loyiha hujjatlarining davlat ekologiya ekspertizasidan ötkazilişini va investitsiya loyihasini amalga oşirişda tabiatni muhofaza qilişga oid qonunçilikka rioya qilinişi ustidan lozim darajada nazorat örnatilişini belgilangan tartibda ta'minlaydi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oşirişda iştirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kiriş vizalari, şu jumladan köp martalik vizalar rasmiylaştirilişini (muddati uzaytirilişini) belgilangan tartibda ta'minlaydi.