Vazirlar Mahkamasi 27.08.2020 yildagi «Qizilqumsement» AJda klinker işlab çiqariş böyiça törtinçi texnologik liniyani quriş» investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlarini tasdiqlaş töğrisida»gi 522-son qarorni qabul qildi.

Norma’ning yozişiça, hujjat bilan quyidagilar ma'lumot uçun qabul qilindi:

  • «Qizilqumsement» AJda klinker işlab çiqariş böyiça törtinçi texnologik liniyani quriş» investitsiya loyihasini amalga oşiriş doirasida kapital qöyilmalarning umumiy qiymati 112 639,9 ming yevro ekvivalentiga teng bölgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi işlab çiqilgan;
  • investitsiya loyihasini amalga oşiriş «Qizilqumsement» AJning 92 829 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi mablağlari va «Hamkorbank» ATBning 19 810,9 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi kreditlari hisobidan moliyalaştiriladi.

Qaror bilan belgilanişiça:

  • «Qizilqumsement» AJ investitsiya loyihasining taşabbuskori va «Hamkorbank» ATB kreditidan maqsadli foydalanilişi va loyihaning samarali amalga oşirilişi uçun mas'ul qarz oluvçi hisoblanadi;
  • qarz va u bilan boğliq xarajatlar «Qizilqumsement» AJning öz mablağlari hisobidan qoplanadi;
  • investitsiya loyihasi «tayyor holda topşiriş» şarti asosida (Engineering Procurement Construction) «fast-truck» uslubida (bir vaqtning özida loyihalaş, xarid qiliş va quriliş işlari) amalga oşiriladi;
  • loyihani amalga oşiriş doirasida olib kiriladigan texnologik uskunalar, ularning butlovçi va ehtiyot qismlari, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalar, texnologik hujjatlar – Özbekistonda akkreditatsiya qilingan tegişli sinov laboratoriyalari mavjud bölmagan taqdirda, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlaşdan ozod qilinadi.

2021 yil dekabr oyi investitsiya loyihasini amalga oşiriş muddati etib belgilangan.
 
Hujjat 28.08.2020 yildan kuçga kirgan.