«Men odil sudlovdan emas, balki adolatsizlik va siyosiy ta'qibdan qoçmoqdaman», deya Nissan’ning sobiq rahbarining sözlarini keltiradi Reuters.
Gon Yaponiya sud-huquq tizimini inson huquqlari asoslariga rioya qilmaslikda ayblagan va «u yerda asirlikda yaşamoqçi emasligi»ni bildirgan.
Gon OAVda özining Livandaligi haqida tarqalgan xabarlarni tasdiqlagan. Gonning ta'kidlaşiça, qoçiş unga matbuot bilan muloqot qilişga imkoniyat beradi.
Hozirça u Yaponiyadan qanday qilib çiqib ketgani ma'lum emas.
NHK naşri Livan hukumatidagi manbasiga tayanib xabar berişiça, Gon Livanga boşqa nom ostida kelgan bölişi mumkin.
Ayni vaqtda 65 yoşda bölgan Gon Braziliyada, kelib çiqişiga köra livanlik bölgan oilada tuğilgan. U Bayrutda ösgan, keyin öqiş uçun Fransiyaga yöl olgan. Gonda Fransiya, Braziliya va Livan fuqaroligi bor.
Gon işi
Renault va Nissan kompaniyalarining sobiq rahbari ötgan yilning 19 noyabrida moliyaviy qonunçilikni buzişda ayblanib qölga olingandi.
Tergov talqiniga köra, Gon 2010 yildan 2018 yilga qadar bölgan vaqt davomida Nissan direktorlar kengaşi raisi sifatida olgan mukofotlari hajmini yaşirgan (80 million dollar) va daromadining katta qismini deklaratsiya qilmagan bölişi mumkin.
Gon 108 kunni qamoqda ötkazdi, 2019 yilning 6 martida esa 9 mln dollar miqdoridagi garov puli evaziga ozod qilingan va uy qamoğiga jönatilgan edi.
Ammo Gon bir oy ötib yana hibsga olindi - bu safar unga Nissan konserni mablağlarini qonunga xilof ravişda talon-toroj qilganlik ayblovi qöyildi. Tergovçilarning fikriça, u şaxsiy maqsadlari va xususiy investitsiyalarga sarflaş orqali kompaniyaga 1,85 mlrd iyen (21 mln dollar atrofida) zarar yetkazgan bölişi mumkin.
Yapon naşrlarining yozişiça, garov evaziga ozod qilingan şaxs ikkinçi marta qamoqqa olinişi - Yaponiya prokuraturasi uçun kamdan-kam kuzatiladigan holatdir.
Himoyaçilar yana bir marta garov puli tölaşdi - 500 mln iyen (4,5 mln dollar) va Gon yana uy qamoğiga ötkazildi.
Gon öziga qöyilgan ayblovlarni tan olmagan va kompaniya top-menejmentidagi «xoinlik va intrigalar» qurboni bölganini aytgan.
Unga Yaponiyadan çiqib ketiş tugul, Tokiodagi kvartirasini tark etiş va hattoki ruxsatsiz rafiqasi bilan uçraşiş ham taqiqlab qöyilgandi.

















