Meksikaning Sakatekas shtatidagi Menli axloq-tuzatish markazida mahbuslar o‘rtasida chiqqan to‘polon vaqtida 16 kishi halok bo‘ldi va yana 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda shtat xavfsizlik idoralari ma'lum qildi.

“Mahbuslarni tinchlatish uchun 17 soatga yaqin vaqt talab etilgan. Voqea joyida 15 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan keyinroq bir kishi jon bergan”, deb aytilgan bayonotda.

To‘qnashuvdan so‘ng voqea joyidan 4ta o‘qotar va sovuq qurol topilgan. Ta'kidlanishicha, axloq-tuzatish markazi bir xafta oldin ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, uning davomida turli taqiqlangan buyumlar olib qo‘yilgan.