2019-2020 öquv yilining uçinçi çoragidan boşlab, tajriba sifatida 10-11 sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida öqitila boşlanadi. Tajriba sinov 2019-2020 öquv yili yakuniga qadar ötkaziladi. Bu haqda Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi ma'lum qildi. 

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri buyruği bilan 2019-2020 öquv yilining uçinçi çoragidan boşlab, umumiy örta ta'lim maktablarida variativ öquv rejalar tajriba-sinovdan ötkaziladi.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini 2019 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xarita”sida variativ (özgaruvçan) öquv rejalarining joriy etilişi belgilangan.

Variativ öquv rejalarini joriy qilişdan maqsad öquvçilarning özlari qiziqqan fanlarni çuqur örganişiga şaroit yaratiş, maktab bitiruvçilarining oliy öquv yurtiga kiriş imtihoniga tayyorgarlik körişini ta'minlaş va yuqori sinflarda öquv jarayonini kasblarga yönaltirilgan holda taşkil etişdan iborat.

Ta'kidlaş joizki, variativ öquv rejalarining joriy qilinişi ixtiyoriy bölib, maktabda tanlov sinfini taşkil etişda yuqori malakali, tajribali öqituvçilarning mavjudligi inobatga olinadi.

Quyidagi hollarda umumiy örta ta'lim maktablarida variativ (özgaruvçan) öquv reja joriy qilinişiga yöl qöyilmaydi:

öquvçilar, öqituvçilar va ota-onalardan noroziçilik bölsa;
umumiy örta ta'lim maktablari variativ (özgaruvçan) öquv reja asosida öqitiladigan sinfga tegişli fandan dars beriş uçun yetarli malaka va tajribaga ega öqituvçi bilan ta'minlanmagan bölsa.

Tanlov sinfi yönalişi 10-, 11 sinflar kesimida öquvçilar örtasida sörovnoma ötkaziş orqali aniqlanadi. Bunda bir nafar öquvçi faqat bitta yönalişni tanlaydi.

Öquvçilar örtasida sörovnoma ötkaziş va natijasini umumlaştiriş uçun maktabda tanlov komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibiga maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari, psixolog, fan metod birlaşma rahbari va ota-onalar qömitasi raisi kiritiladi. Şu bilan birga, tanlov komissiyasi a'zolari tarkibiga öquvçilarning ota-onalari va tegişli yönalişdagi fan öqituvçilari kiritilişiga yöl qöyilmaydi (ota-onalar qömitasi raisi va fan metod birlaşma rahbari bundan mustasno).