Livan hukumati Renault — Nissan — Mitsubishi avtomobilsozlik alyansi sobiq rahbari, uy qamoğida bölgan Karlos Gonning Yaponiyadan Bayrutga qoçişiga aloqador emasligi ma'lum qilindi. Bu haqda Livan prezidenti işlari böyiça vazir Salim Jraysati bayonot berdi. 

“Livan hukumatining uning qoçişiga heç qanday aloqasi yöq. Biz uning qoçişi tafsilotlaridan bexabar bölganmiz”, deb keltirgan Jraysati sözlarini Wall Street Journal naşri.

Uning ta'kidlaşiça, Livan hukumati bu masala yuzasidan Yaponiyadan qöşimça ma'lumot söragan.

Tokioda uy qamoğida bölgan Karlos Gon Yaponiyani 30 dekabrda ruxsatsiz tark etdi. Ta'kidlanişiça, u uyidan bir guruh yollanma şaxslar tomonidan kontrabas ğilofida yaşirinça olib çiqib ketilib, söngra Livanga jönatilgan.  

Gon Yaponiyada moliyaviy firibgarliklarda ayblanib, 2020 yil mart oyida uning ustidan sud jarayoni boşlanişi kerak edi.