Dekabr oyida Kun.uz saytida Qarşi şahrida 400 örinli maktabda 1600 nafar öquvçi tahsil olayotgani haqda maqola e'lon qilingandi. Buning ortidan xuddi şu muammo yuzasidan boşqa hududlardan ham murojaatlar kela boşladi.
Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanidagi «Ravot» mahallasi ahli ham şu haqda xat yölladi. Mahalla ahlining bildirişiça, ular 2017 yil yangi hududdagi yangi qurilgan uylarga köçib kelişgan. Ya'ni, namunaviy mahallaga. Ammo bu namunaviy mahallaning maktabi yöq. Ota-onalar farzandlarini 4 kilometrdan 10 kilometrgaça bölgan masofaga maktablarga olib borişar ekan.


Aslida, hududda namunaviy uylar qurilişi boşlangan vaqtda bölajak maktab va bolalar boğçasi qurilişi uçun ham yer ajratilgan. Ammo bu yerda quriliş boşlanmay qolib ketgan.

Mahalla ahli qator taşkilotlarga bu borada murojaat qilib, maktab qurilişi 2021 yildagi davlat dasturiga kiritilişi haqda javob xati olgan. Tuman hokimligi vakillari ham mazkur muammo yuzasidan aholi bilan uçraşib, maktab 2021 yilda qurilişini ma'lum qilişgan.
Hokimlik vakiliga köra, hududda maktab qurilişi uçun taxminan 8 milliard söm pul kerak va mahalliy budjetda bunday mablağ yöq. Odatda, maktablar qurilişi respublika budjetidan ajratilgan pulga quriladi.
«Ravot» mahallasi fuqarolari esa yana ikki yil maktabsiz qolişga rozi emas. Ular maktab qurilişi nima sababdan 2020 yil emas, 2021 yilgi dasturga kiritilganiga javob söraşmoqda.

Davlat statistika qömitasining rasmiy saytiga kirib respublikadagi umumiy maktablar soniga e'tibor bersangiz qiziq holatga duç kelasiz:
Masalan, Özbekistonda 1991 yilda jami umumta'lim maktablari soni 8333ta deb körsatilgan. Har yili maktablar soni ösib borib, 2006 yilda 9803tani taşkil etgan. Ammo xuddi şu yildan boşlab maktablar soni kamayib borişini kuzatamiz: 2008 yil 9788ta, 2014 yil 9758ta va 2019 yil 9774ta. Xullas, sönggi 13 yilda maktablar soni köpayiş örniga kamayib borgan.





















