Bugun istagan oziq-ovqat mahsulotlari do‘koniga kiring, uning peshtaxtasidan asosan mahalliy ishlab chiqarishga tegishli iste'mol tovarlari o‘rin olganiga guvoh bo‘lasiz. Bozorlarimizni ham o‘zimizda ishlab chiqarilgan noz-ne'matlar egallagan. Bu mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar samarasidir.
Yurtimizda 11 ming 800 dan ortiq meva-sabzavot, go‘sht va sutni qayta ishlovchi, qandolat, alkogolsiz ichimliklar va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va boshqa turdagi oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan korxonalar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 400 dan ziyodi “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiradi.

Kompaniya tarkibidagi mazkur korxonalar yurtimizda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash ishlariga munosib hissasini qo‘shmoqda. Xususan, 2019 yilda ushbu korxonalar tomonidan 150 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot konservalari, 49 ming tonna sut va sut mahsulotlari, 13 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 8 ming tonnadan ziyod kolbasa mahsulotlari, 400 ming tonnaga yaqin shakar, 5 ming 204 tonna o‘simlik yog‘i, 26 ming tonna margarin, 650 million litrdan ziyod alkogolsiz ichimliklar, 139 million litr mineral suv, 174 million litr pivo, 10 milliard donadan ziyod tamaki ishlab chiqarilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi.
“O‘zbekoziqovqatxolding” mamlakatimiz oziq-ovqat sohasiga investitsiyalarni jalb qilish borasida salmoqli natijalarga erishmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil hududlarga tashriflari doirasida Davlat investitsiya dasturiga qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida kompaniya tomonidan taqdimoti qilingan umumiy qiymati 17,6 trillion so‘mlik jami quvvati 4,8 million tonna bo‘lgan 1 ming 207 ta yangi loyiha ustida amaliy ishlar olib borildi. Natijada o‘tgan yilda jami quvvati 718,5 ming tonna bo‘lgan 406 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

Shuningdek, 2019 yilda Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 16 ta va qo‘shimcha 139 ta loyiha ustida amaliy ishlar olib borilib, jami 260 million dollar, jumladan 132 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi.
Aholi turmushi farovonligi, mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash hamda jahon bozorida raqobat muhiti shiddatli avj olayotgan sharoitda mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish orqali xaridorini topish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada davlatimiz rahbari, hukumatning tegishli qaror va farmonlari, xususan mahalliylashtirish dasturlari asosida

















