Rossiyaga “bosim ötkaziş” operatsiyasi doirasida “Vtorovo” neft haydaş stansiyasiga dronlar yordamida zarba berildi, deb ma’lum qildi Ukraina xavfsizlik xizmati. Biroq NASA monitoring platformasi obektda yonğin yuz berganini aniqlamadi.
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Vladimir oblastidagi “Vtorovo” neft haydaş stansiyasiga uşbu oyda ikkinçi marta zarba berganini ma’lum qildi. Zarba bir neça kun oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan tasdiqlangan Rossiyaga 40 kunlik “bosim ötkaziş” operatsiyasi doirasida berildi.
Dastlabki ma’lumotga köra, dronlar obektning texnik binolariga zarba berişi natijasida portlaş sodir bölgan. Qöşimça qilinişiça, "Vtorovo" stansiyasiga birinçi hujum 10 iyun kuni amalga oşirilgan. Stansiya eksport portlari va içki iste’molçilarga neft yetkazib berişda muhim logistik tugun hisoblanadi.
Ammo NASA’ga qaraşli yonğinlarni monitoring qiluvçi FIRMS platformasi 27 iyun holatiga "Vtorovo" stansiyasi hududida yonğinni aniqlamagan. Şu bilan birga, FIRMS jamoasi obektdan 10 km uzoqlikda yonğin sodir bölganini qayd etgan.
Ukrainaning Rossiya neft zavodlariga zarbalarni kuçaytirişi oqibatida mamlakatning köplab hududlarida yonilği sotişda çeklovlar joriy etildi.













