Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi 12-avgust kuni Novorossiyskka tungi zarba natijalari böyiça dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi.
Ukraina Boş ştabiga köra, hujum oqibatida Rossiya Harbiy-dengiz kuçlarining törtta kemasi turli darajada zarar körgan. Bular «Admiral Makarov» va «Admiral Essen» fregatlari, «Buyan-M» kiçik raketa kemasi hamda «Vasiliy Bykov» patrul kemasidir.
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) «Admiral Makarov» va «Admiral Essen» fregatlari «Kalibr» qanotli raketalarini taşiş imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. Ukraina tomoni Rossiya uşbu turdagi raketalardan Ukraina hududiga zarba berişda foydalanib kelayotganini bildirgan.
UXX ma’lumotlariga köra, 12-avgustga ötar keçasi Novorossiyskda kemalardan taşqari yana bir qator ob’yektlar ham nişonga olingan. Ular orasida S-300 zenit-raketa tizimi tarkibiga kiruvçi radiolokatsiya stansiyasi, «Gruşovaya» neft bazasi, mobil öt oçiş guruhi hamda uçta priçal infratuzilmasi bor.
Ukraina maxsus xizmati hujumda uçuvçisiz uçiş apparatlari, «Palyanitsa» reaktiv dronlari, «Neptun» raketalari va dengiz platformalaridagi zarba tizimlaridan foydalanilganini ma’lum qildi.
Şu bilan birga, UXX bayonotida Ukraina Boş ştabi tilga olgan «Buyan-M» kiçik raketa kemasining şikastlangani haqida ma’lumot keltirilmagan.
Novorossiyskda don terminallari işi töxtatildi
«Vedomosti» va Reuters ma’lumotlariga köra, tungi hujum oqibatida Novorossiyskdagi don infratuzilmasi ham zarar körgan. Novorossiysk don terminali va Novorossiysk non mahsulotlari kombinati (NNMK) işini töxtatgani xabar qilingan. NNMKga tegişli don terminali ham şikastlangani aytilmoqda.
Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratyev hujum oqibatida uç kişi halok bölgani va 24 kişi jabrlanganini ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Novorossiyskda 60 ga yaqin turar joy binosiga zarar yetgan. Mahalliy hokimiyat vakillari dron qoldiqlari Gelenjik, Anapa va Temryuk tumanidagi uylarga ham şikast yetkazganini bildirgan.
Rossiya mahalliy rasmiylariga köra, Krasnodar ölkasi tomon «yuzlab» dronlar uçirilgan.
Ukraina tomoni zarba berilgan ob’yektlar qatorida tilga olgan «Gruşovaya» neft bazasi avval ham hujumga uçragan. ASTRA Telegram-kanali ma’lumotiga köra, ob’yekt 8-iyundagi hujumdan keyin yongan.













