2020 yil 4 yanvar kuni soat 00:30larda, Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani hududidan ötgan M-41 “Bişkek-Duşanbe-Termiz” avtomobil yölining 1588-km.da YTH sodir böldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, Denov tumanida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan M.O. “Neksiya” rusumli avtomobilda rul boşqaruvni yöqotib, yölning öng tomonidagi daraxtga urilgan. Natijada haydovçi M.O. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan va yölovçisi, Denov tumanida yaşagan, 1972 yilda tuğilgan N.A. kasalxonada vafot etgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, yöl-transport hodisasi haydovçining belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilmaganligi va yölning xavfli buriliş qismida boşqaruvni yöqotişi oqibatida sodir bölgan.
“Hurmatli haydovçilar, transport vositasini boşqariş davomida belgilangan tezlik talablariga rioya etişni unutmang, bu belgilangan manzilga xavfsiz yetib oliş garovidir”, - deyiladi YHXBB xabarida.

















