Marşal Xalifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi (LMA) Liviyaning sobiq yetakçisi Muammar Qazzofiyning ona şahri - Sirtga kirib, şahardagi port ustidan nazoratni qölga oldi. Bu haqda LMAdagi manba xabar qildi.
Ta'kidlanişiça, LMA şaharni egallaş amaliyotining birinçi bosqiçida sohilga desant taşlab, portni egallab olgan. Haftar kuçlari, şuningdek, as-Sa'diy harbiy bazasi, şaharning bir qator tumanlarini egallab, ayni vaqtda şahar markazi tomon yöl olmoqda.
Qazzofiy Sirt yaqinida tuğilgan. U 2011 yilda şu şahar yaqinida isyonçilar tomonidan öldirilgan.
Avvalroq marşal Haftar xorijiy tajovuzga qarşi umumiy safarbarlik e'lon qildi. Haftar Turkiya parlamenti Liviyaga marşalning duşmanlari – Tripolida joylaşgan Milliy kelişuv hukumatiga yordam beriş uçun qöşinlar yuborişga ruxsat bergandan keyin bunday qadamga bordi.
Liviyaning katta qismini nazorat qilayotgan Haftar kuçlari oxirgi oylarda poytaxt Tripolini egallab olişga harakat qilmoqda.














