Şon-şaraf muzeyini rivojlantiriş jamoat fondi taşkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Moliya vazirligining yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Şon-şaraf muzeyini rivojlantiriş jamoat fondini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Quyidagilar Fond mablağlarini şakllantiriş manbalari etib belgilanadi:
pullik xizmatlar körsatişdan tuşadigan mablağlar;
yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro taşkilotlar va moliya institutlarining, şuningdek, boşqa xorijiy donorlarning grantlari;
Fondning vaqtinça böş mablağlarini tijorat banklari depozitlariga joylaştirişdan tuşgan daromadlar böyiça tuşumlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Belgilanişiça, Fond mablağlari:
a) Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ma'naviyat va ma'rifat markazida oçiladigan hisob raqamda jamlanadi;
b) quyidagi maqsadlarga:
Şon-şaraf muzeyi uçun tarixiy eksponatlar, aşyolar va kolleksiyalar, uruş qatnaşçilarining orden-medallari, şaxsiy buyumlari hamda uruş davri yodgorliklarini xarid qiliş;
Şon-şaraf muzeyi ekspozitsiyalarini yaratiş;
Şon-şaraf muzeyini joriy va kapital ta'mirlaş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş;
davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy maşğulotlar, treninglar, şuningdek madaniy-ma'rifiy, ommaviy-madaniy va boşqa tadbirlar ötkaziş uçun sarflanadi.

















