Bugun, 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonida Ispaniyada nufuzi böyiça uçinçi örindagi sovrin hisoblangan Superkubok öyinlariga start beriladi. Endilikda yangi formatda ötadigan va ikki emas, tört jamoa qatnaşadigan uşbu turnir «törtlik finali» deb ham atalmoqda. Turnirda Ispaniya çempioni va 2-örin sohibi, şuningdek, kubok finalçilari qatnaşişi belgilab qöyilgan.

Yangi formatning ijobiy tomonlari nimadan iborat?

Birinçidan, iştirokçi jamoalarning daromadi oşadi. Aytilişiça, qatnaşuvçi klublar 6-8 million yevrodan olişadi. Turnir atigi bir haftaga borib-bormasligini e'tiborga olsak, yomon summa emas.

Ikkinçidan, Ispaniya futbol federatsiyasi ham daromad oladi. Luis Rubiales faqat ispan futbolining obrösi uçungina bu işga qöl urmagani aniq.

Albatta, tanganing boşqa tomonlari ham bor, ayniqsa, grandlar uçun bu özgariş yoqmasligi tabiiy. «Real» ham, «Barselona» ham iloji boriça öyinlar soni kamroq bölişidan manfaatdor, zero asosiy e'tibor Ispaniya çempionati va Çempionlar Ligasiga qaratiladi. Şundoq ham, Superkubok öyinlari bir emas, ikki öyindan iborat bölişi bu klublarga yoqmas edi.

Umuman, «Real» va «Barselona» uçun Ispaniya futbolidagi raqobat, uşbu mamlakat futbolining nufuzi muhim emas, allaqaçon bu klublar Ispaniya çegaralaridan çiqib, butun dunyoni egallab bölişgan, moliyaviy tomondan ham qiyinçilik yöq. Yuqorida tilga olingan summma «Valensiya», «Sevilya», balki hatto «Atletiko»ni ham qiziqtirişi mumkindir, ammo ikki grandni emas. Ularga buning örniga qöşimça maşğulotlardan iborat hafta yoki ta'til foydaliroq böladi. 

Turnir formati juda sodda, jamoalar ikki juftlikka bölinib, yarim final uçraşuvlarida maydonga tuşadi. Ğoliblar esa, final öyinida Superkubok sohibini aniqlaydi.

Ğoya muallifi bölmiş Luis Rubiales turnir juda qiziqarli ötişi va yaqinda tanib bölmas holga kelişi haqida köp gapirgandi, lekin ilk onlardan turli qiyinçiliklar paydo bölmoqda. Misol uçun, «Barselona» ötgan yili ham Ispaniya çempioni böldi, ham kubok finaliga çiqdi. Har yili mana şunday holat ayniqsa, Ispaniyada röy berişi turgan gap. Natijada, kubok finaliga çiqmagan, çempionatda ham dastlabki ikki örinni egallay olmagan, ya'ni ötgan mavsumni muvaffaqiyatsiz ötkazgan «Real» ham Superkubok uçun kuraşiş imkoniyatiga ega böldi. 

«Barselona» prezidentliliga nomzod bölgan Toni Freyş bunga e'tiroz bildirdi.

«Turnir yarim finalida «Real» ham qatnaşişi men uçun tuşunarsiz. Bu endi qandaydir Arabiston Superkubogimi?», – deydi Freyş.