Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Yaqin Şarqdagi vaziyat böyiça munosabat bildirdi.
«Özbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutaş Yaqin Şarqda yuz berayotgan voqealar alohida taşviş bilan qarşi olinmoqda.
Harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlaşişi köplab insonlar qurbon bölişiga va keng kölamli gumanitar falokatga olib kelişi mumkin, hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiya yöllarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bölmas zarar yetkazadi.
Özbekiston tomoni öta bosiqlik tarafdori bölib, taranglikni kamaytiriş va mintaqadagi vaziyatni mö'tadillaştiriş uçun qarama qarşi tomonlarni siyosiy-diplomatik çoralar körişga çaqiradi», deyiladi vazirlikning ÖzAda e'lon qilingan bayonotida.
Yaqin Şarqdagi vaziyat 3 yanvar kuni Bağdodda Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi generali Qosim Sulaymoniy AQŞ harbiylari tomonidan öldirilgaç keskinlaşdi.
8 yanvarga ötar keçasi Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun qasos oliş boşlangani haqida e'lon qilib, AQŞning Iroqdagi ikkita bazasiga raketa zarbalari yölladi. Eron AQŞ harbiy bazalariga uyuştirilgan hujumni «munosib javob» va «öz-özini mudofaa qiliş» deb atadi.


















