“Qişloq quriliş bank” ATB ustav kapitalidagi davlat uluşi 780 mlrd sömga oşmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 2020 yil 7 yanvarda «Qişloq quriliş bank» ATB aksiyadorlarining navbatdan taşqari umumiy yiğilişi bölib ötdi va unda budjet ssudasidan vujudga kelgan 780 mlrd söm miqdoridagi mablağni, ATB “Qişloq quriliş bank” ustav kapitalidagi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uluşini köpaytirişga yönaltiriş böyiça qaror qabul qilindi.
Qarorga köra Moliya vazirligi bilan bank örtasida 780 477 399 947,25 sömlik şartnoma (bitim) tuzişga ruxsat beriladi.
Openinfo.uz portalida e'lon qilingan faktga köra, "Qişloq quriliş bank" nominal qiymati 119,25 söm bölgan 6,544,883,857 dona oddiy aksiyalarni çiqaradi. Uşbu aksiyalar yopiq obuna yöli bilan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga joylaştiriladi.
Hozirgi vaqtda "Qişloq quriliş bank" ustav kapitali hajmi 1,07 trln. co‘mga teng bölib, undagi davlat uluşi 96,47 foizni taşkil etadi. Yuqorida qayd etilgan şartnoma natijasida davlat uluşi ösgan taqdirda, bankning ustav kapitali hajmi 78 foizga oşadi.
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklaridagi davlat uluşi böyiça aksiyador funksiyasini bajaradi. 2019 yil 25 dekabr holatiga Özbekistondagi umumiy bank aktivlarining 86 foizi davlat uluşi mavjud banklarga tegişli.
"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi" Özbekiston Respublikasi Qonunining 60-bandiga köra, soliqqa oid yoki davlat oldidagi boşqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat uluşini şakllantiriş yoki oşiriş töğrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlari umumiy yiğilişi tomonidan jamiyatning joylaştirilgan ovoz beruvçi aksiyalarining kamida uçdan ikki qismi egalari bölgan aksiyadorlarning (davlatdan taşqari) roziligi mavjud bölgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi.

















