Prezident Şavkat Mirziyoyev Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boğida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat boği barpo etilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentyabrdagi qarori asosida bunyodkorlik işlari ikki bosqiçda amalga oşirilmoqda. Birinçi bosqiçda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, köngiloçar öyingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinçi bosqiçda 12 gektar hududda mavzuli park, bolalar uçun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi.

Şuningdek, kafe va restoranlar, savdo dökonlari taşkil qilinadi. Havo musaffoligini ta'minlaş maqsadida kaştan, qarağay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.
Istirohat boği töliq modernizatsiya qilingaç, bir kunda 10 ming kişigaça xizmat körsatiş imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq çiqarişini ta'minlaş bilan birga Toşkent şahrining turistik jozibadorligini ham oşiradi.

Davlat rahbari istirohat boğining yil davomida işlaşini ta'minlaş, odamlar oilaviy dam olişi uçun keng imkoniyat yaratiş böyiça körsatmalar berdi. Boğda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi şaharlardagi qadimiy obidalar maketini örnatib, yoşlar va sayyohlarning tarixga qiziqişini oşiriş muhimligi ta'kidlandi.
Şu yerda Toşkent şahri tumanlari hokimlari bilan muloqot böldi, deyiladi xabarda.























