Liviya milliy armiyasi generali Xalifa Haftar Tripoli atrofida öt oçiş harakatlari töxtatilgani haqida e'lon qildi. Bu rejim mahalliy vaqt bilan 12 yanvar kunining ilk daqiqalaridan amal qiladi.
Qayd etilişiça, öt oçişni töxtatiş rejimi şartlariga Haftarning duşmanlari - Foiz Saroj boşçiligidagi Liviya milliy kelişuv hukumati ham harbiy harakatlardan çekingan holda amal qilinadi.
Öz navbatida Saroj ham mamlakat ğarbida öt oçiş töxtatilgani haqida e'lon qildi. U ham «agar boşqa tomon hujum boşlasa, javob qaytarilişi»ni qayd etib ötgan.
Turkiya naşrlarining yozişiça, öt oçiş töxtatilişi Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdöğan va Vladimir Putinning özaro telefon muloqoti natijasi bölgan.
Bundan taşqari, yakşanba kuni Foiz Saroj boşçiligidagi delegatsiya Istanbulga kelib muzokara ötkazişi kutilmoqda.
Qöşhokimlik

Liviyada ayni vaqtda qöşhokimlik yuzaga kelgan.
Mamlakat ğarbida 2015 yilda tuzilgan, AQŞ va Ğarbning boşqa davlatlari, şuningdek, Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi, BMT tomonidan tan olingan, poytaxti Tripoli bölgan Foiz Saroj boşçiligidagi Milliy kelişuv hukumati hukmronlik qilsa, şarqda poytaxti Benğozi bölgan, Xalifa Haftar armiyasiga tayanadigan Abdulla Abdurrahmon as-Soniy boşçiligidagi hukumat hukmronlik qiladi.
Beş yildan buyon ğarbdagi hukumat bilan uruş holatida bölgan Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi 2019 yilning aprelida Tripoliga yuriş boşlagan, ötgan vaqt mobaynida jiddiy natijaga erişa olmagandi.
8 yanvar kuni Rossiya va Turkiya rahbarlari özaro uçraşuvda Liviyadagi harbiy harakatlarni töxtatiş taşabbusi bilan çiqişgandi. Yevropa Ittifoqi bu taşabbusni qöllab-quvvatlagan, Tripolidagi hukumat darhol bunga qöşilgan, ammo Haftar kelişuvga qarşi çiqqandi.














