Rossiya prezidenti Vladimir Putin Liviyadagi harbiy harakatlarda qatnaşayotgan rossiyaliklar töğrisida berilgan savolga javob qaytararkan, ular Rossiya manfaatlarini ifoda etmasligini bildirdi.
«Agarda Liviyada Rossiya fuqarolari bor bölsa, ular Rossiya davlati manfaatlarini ifoda etişmaydi», — dedi Putin. Ular şuningdek, «Rossiya davlatidan pul olişmaydi», deb qöşib qöydi u.
Liviyada Vagner xususiy harbiy kompaniyasining yollanma askarlari Xalifa Haftar armiyasi tarafida janglarda qatnaşayotgani töğrisida sentabr oyida Bloomberg xabar bergandi. Agentlikning bildirişiça, öşanda Liviyaga 100 nafar rossiyalik yollanma askar kelgan.
Dekabr oxirlarida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Liviyada Vagnerning 2 mingga yaqin jangçisi borligini aytdi.














