Bugun, 12 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda şahrida yangi formatdagi Ispaniya Superkubogining ilk finali doirasida «Madrid derbisi» bölib ötadi. «Real» va «Atletiko» jamoalari mavsumdagi dastlabki sovrinni qölga kiritiş uçun kuraşişadi.
Final
Ispaniya Superkubogi yangi formati sabab paradoksal vaziyat yuzaga keldi: hal qiluvçi öyinda na La Liganing amaldagi ğolibi va na kubok sohibi maydonga tuşadi. Sababi, «Barselona» va «Valensiya» yarim finalda mağlub bölib, uyga qaytişga majbur bölişdi. Boş sovrin esa Madridga yöl olişi aniq. Faqat «Santyago Bernabeu»ga yöl oladimi yoki «Vanda Metropolitano»gami – bugungi futbol oqşomida bilib olamiz.
Ispaniya Superkubogi.
Final. 12 yanvar (yakşanba)
«Real» – «Atletiko»
Boş hakam: Xose Maria Sançes
Öyin boşlaniş vaqti: 23:00
Jidda, «King Abdullah Spors City»
TV-translatsiya: «Matç TV»
Ustunlik kimda?
Öyin oldidan Zidanning Simeonedan bitta ustun jihati bor, uning jamoasi bir kun köproq dam oladi. «Real» «Valensiya»ga qarşi (3:1) öyinni çorşanba kuni ötkazgan bölsa, «Atletiko» payşanba kuni «Barselona»ga qarşi qiyin uçraşuvni (3:2) ötkazdi. Qolaversa, «Real»dan farqli ölaroq, «Atletiko» final huştagigaça jiddiy bosimda kuraş olib bordi. Finalga tayyorgarlik köriş uçun Zidan jamoasi 4 kun, Simeone şogirdlari esa 3 kun tayyorgarlik köriş imkoniyatiga ega bölişdi. Bu jihat «Qirollik klubi» foydasiga işlaşi mumkin.
Kimlar maydonga tuşa olmaydi?
Final oldidan ikki tomonda ham tarkib borasida muammolar yetarliça. Yarim finaldagidek, hal qiluvçi bahsda ham Zidan tört nafar hujumkor futbolçilari - Azar, Benzema, Beyl va Asensioning xizmatidan foydalana olmaydi. Murabbiy bu safar ham hujumdagi yöqotişlarni yarimhimoya çiziğidagi muhim figuralar bilan yopsa, ajabmas.
Diyego Simeone esa, turnirga Diyego Kostasiz taşrif buyurgan bölsa, «Barsa»ga qarşi gol urib, söng jarohat olgan Koke ham finalda maydonga tuşmasligini klub rasman ma'lum qilgan. Lemar, Saviç va Ximenesning ham maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda. Şunday ekan, markaziy himoya çiziğini aytmaganda, «matrasçilar»ning tarkibi «Barsa»ga qarşi öyindagidek köriniş olişini taxmin qiliş mumkin.


















