Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatida YPX xodimi kamera kötargan odamlar qurşovida qolib ketgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Xabarlarda xodim mast holatda bölgani, odamlar uni tegişli çora körişni talab qilayotgani aytilgan.

Qaşqadaryo viloyati IIB xabariga köra, voqea 11 yanvar kuni Çiroqçi tumanidagi «Mikrokreditbank» binosi oldida yuz bergan.

Ma'lum qilinişiça, YPX katta inspektori katta serjant Nasibali Yarmatov 11 yanvar kuni soat 14:20larda Çiroqçi tumani «Mikrokredit bank» röparasida örnatilgan 3.27 yöl belgisiga amal qilmasdan töxtab turgan «Labo» rusumli avtomaşina haydovçisi Şohrux Nurimov «Yöl harakati qoidalari»ning 7 va 92-bandlarida körsatilgan qoidabuzarlikni sodir etgani uçun unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirib, avtomaşinani jarima maydonçasiga qöyiş maqsadida olib ketgan.

Katta serjant Nasibali Yarmatov
Foto: «Daryo»

U avtomaşinani jarima maydonçasiga olib ketayotgan vaqtida öziga tegişli bölgan «Spark» rusumli avtomaşinani majburiy töxtaş çiroqlarini yoqib «Mikrokredit bank» röparasida örnatilgan 3.27 yöl belgisi ta'sir doirasida qoldirib ketgan. U jarima maydonçasidan qaytib kelgaç, Şohrux Nurimov YPX inspektoridan öziga özi ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirişni talab qilgan.

«Şundan söng Çiroqçi tumani IIO FMB YHXB boşliği kapitan F.Yangiboyev tomonidan katta serjant N.Yarmatovga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabr kunidagi 370-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Yöl harakati qoidalari»ning 7-bandida körsatilgan qoidabuzarlikni sodir etganligi uçun UZ-19-seriyali 70-263256-raqamli ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan», deyiladi Qaşqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabarida. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekşiruv ötkazilmoqda.