Liviya milliy armiyasi qömondoni feldmarşal Xalifa Haftar Moskvaga keldi. Haftar Rossiya poytaxtida Liviya Milliy kelişuv hukumati boş vaziri Foiz Saroj bilan muzokaralar ötkazişi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligiga Liviyadagi manba xabar qildi.
Saroj esa Moskvaga 13 yanvarda keladi.
11 yanvarda Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan Liviyadagi qarama-qarşi tomonlarni 12 yanvardan öt oçişni töxtatişga hamda darhol muzokaralar stoli atrofiga ötirişga çaqirgan. Haftar bu taşabbusni qöllab-quvvatlagan, biroq Tripoliga yurişni davom ettirişini aytgan. Saroj ham Haftar armiyasi ortga qaytarilişi talabi bilan yaraşuvni qöllab-quvvatlagan. Şundan keyin ikki tomon 12 yanvarga ötar keçasi jangovar harakatlarni töxtatişga rozi bölgan, biroq istalgan qoidabuzarlik uçun javob berişni va'da qilgan.














