Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mo‘ljallanmoqda.
Muhokama uchun e'lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritiladi:
66-1-moddasining (Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish) birinchi qismida:
“109-moddasida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
“140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar “140-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
109-modda (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) chiqarib tashlanadi;
140-moddasining (Haqorat qilish) birinchi qismi (Haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa) chiqarib tashlanadi.
Mavzuga oid
19:01 / 11.07.2026
Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi
11:43 / 27.06.2026
Xatirchida 6 oylik o‘g‘lining og‘ziga paypoq tiqib o‘ldirgan ota 15 yilga qamaldi
16:35 / 23.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
13:08 / 23.06.2026