Adliya vazirining buyruği bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, şu yilning 1 yanvaridan boşlab taraflar turli hududlarda joylaşgan notarial idoralarda bölganda bitimlarni videokonferensaloqa rejimida notarial tasdiqlaş imkoniyati paydo böldi. Bu kabi notarial tasdiqlaş beriladigan arizalar asosida amalga oşiriladi va barça turdagi bitimlarga tatbiq etiladi.
Videokonferensaloqa yordamida birinçi taraf notariusi, bitimni tegişliça tuşuntirgandan va matnini ovoz çiqarib öqib berganidan keyin uning rasmiylaştirilişini, şu jumladan barmoqlar izini skaner qiliş jarayonini qayd etadi va bu haqda tegişli yozuvni amalga oşiradi. Şundan keyin notarius bitimni imzolaydi, muhr qöyadi va boşqa zarur hujjatlar bilan skaner qiladi va Avtomatlaştirilgan axborot tizimida joylaştiradi.
Ikkinçi taraf notariusi Tizimda joylaştirilgan bitim bilan boğliq hujjatlarni yuklab oladi va çop etadi. Tizim orqali bitimning birinçi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot örnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oşirişda iştirok etuvçi taraflar tasvirga töliq tuşirilişi lozim. Şundan keyin ikkinçi taraf notariusi ikkinçi taraf bilan bitimni rasmiylaştiriş böyiça yuqorida körsatilgan kabi harakatlarni amalga oşiradi, bu ham videoda qayd etiladi.
Notariuslar bitimlarni videokonferensaloqa orqali tasdiqlaşi mumkin. Bu qanday böladi?
20:16 / 15.01.20204 2872 min













