1 apreldan yana ikki xildagi ma'lumotnoma davlat xizmatlari markazi orqali beriladi. Bu haqda bugun, 17 yanvar kuni Taraqqiyot strategiyasida bölib ötgan matbuot anjumanida xabar qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Adliya vazirligi tomonidan taşkil etilgan tadbirda, DXM mutasaddilari va OAV xodimlari iştirok etişdi.
Ma'lum qilinişiça, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan fuqarolarning Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser va Narkologiya dispanseri hisobida turiş yoki turmaslik ma'lumotnomasi DXM va Yagona interaktiv davlat xizmatlari (YaIDX) portali orqali taqdim etiladi va şu sanagaça avtomatlaştirilgan elektron axborot tizimi işlab çiqiladi. Ya'ni, 1 apreldan boşlab bu ma'lumotnomalarni dispanserlardan beriş töxtatilib YaIDX portali orqali elektron tarzda beriş yölga qöyiladi.
“Avvallari şunday ma'lumotnomalarni olişda turli xil navbat kutiş va sabr-toqatni talab qilardi. Hozirgi özgarişlar esa bir, ikki oylab kutmasdan, uzoği bir kunda amalga oşiriladigan böldi”, - dedi Davlat xizmatlari agentligi Boşqarma boşliği Mahmud Abdujaliyev.
Ma'lumot uçun, 2019 yil davomida DXM orqali 13 mln. ga yaqin murojaat körib çiqilgan.
















