Özbekiston yoşlari orasida xorijda öqiş istagida bölganlar tobora köpayib bormoqda. Şuni inobatga olib, Kun.uz xorij safarlari davomida vatandoş talabalar hayotini ham yoritib borişni maqsad qilgan.

Ötgan hafta London universitetlarida öqiyotgan özbekistonlik studentlar bilan suhbat e'lon qilingan edi. Bir muddat avval esa Moskva Oliy iqtisodiyot maktabida ta'lim olayotgan vatandoşlarning talabalar turar joyidagi hayotidan hikoya qiluvçi video taqdim qilindi. Bugun ana şu talabalar iştirokidagi davra suhbatini tomoşa qilişingiz mumkin.

Suhbat davomida talabalar nima uçun Moskvada öqişni tanlaşgani, xorijda öqişning öziga xos tomonlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirib berişdi.

Nima uçun Moskvada öqişga qaror qilişgani haqidagi savolga ular mamlakatning rivojlanganlik darajasi, ta'lim sifati va korrupsiyaning yöqligi kabi omillarni sanab ötişdi.

«Yo öqiysiz, yo haydalasiz»

«Öqiyotgan joyimga korrupsiyaga duç kelmaganman. Özbekçilik, taniş-bilişçilik yöq, muomalangiz ham rol öynamaydi. Bu yerda yoki öqiysiz, yoki haydalasiz. Menimça, bu yaxşi, çunki adolat bölişi kerak», – deydi Xusravxon Islomxöjayev.

«Bu yerda öqituvçilar sizning bilimingizga qaraşadi, hamyoningizga emas», – deya uning fikrlariga qöşilişini bildirdi Tamila Igamqulova.

Tamila va Farangiz Abdurahmonova avvaliga Özbekistondagi universitetlarda öqiş niyatida bölgani, xalqaro olimpiadada ğolib çiqiş orqali Moskva Oliy iqtisodiyot maktabi talabasiga aylanganliklari haqida gapirib berişdi.

«Rossiyada özbeklarga nisbatan diskriminatsiya seziladi»