7 yanvarda bölib ötgan «Qişloq quriliş bank» ATB aksiyadorlarining navbatdan taşqari umumiy yiğilişida budjet ssudasidan vujudga kelgan 780 mlrd söm miqdoridagi mablağni ATB “Qişloq quriliş bank” ustav kapitalidagi Moliya vazirligining uluşini köpaytirişga yönaltiriş böyiça qaror qabul qilingandi. Bankning ustav fondidagi davlat uluşi 90 foizdan ortiqni taşkil etadi.
Norqulovning qayd etişiça, uluşning oşirilişi «bankning davlat oldidagi majburiyatlarining bir qismini qayta rasmiylaştiriş» bölib, hukumat davlatning bank sektoridagi iştirokini qisqartiriş rejasini saqlab qolmoqda. «Ikkinçidan, bu bankning moliyaviy faoliyati barqarorligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Aslida bunday qarorlar boşqa banklar böyiça ham qabul qilingan», - dedi u.
«Bu banklarni transformatsiya va xususiylaştirişga tayyorlaş uçun qilinmoqda. Bank oyoqda mustahkam turişi uçun uni qöllab-quvvatlaş kerak. Uşbu çorani ötiş çorasi sifatida köriş kerak. Bu jonli pul taqdim etiş degani emas. Bu moliyaviy barqarorlik körsatkiçlarining yaxşilanişi», - deb ta'kidladi Norqulov.
“Biz hozir (bank tizimini isloh qiliş va xususiylaştiriş böyiça – tahr.) strategiya işlab çiqmoqdamiz. Xususiylaştiriş «Qişloq quriliş bank» bilan bölgani kabi keng qamrovli qöllab-quvvatlaş çoralarini amalga oşirişni talab qiladi», - dedi u.

















