Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 marotaba sudlangan fuqaro Oliy ta'lim vazirligida mas'ul lavozimda ishlagan
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
18 yanvar kuni Bosh prokuraturada bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta'lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni ta'minlashga doir masalalar muhokama qilindi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev kun tartibidagi masala yuzasidan ma'ruza qildi.
Unda talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga qayta tiklashda korrupsiyaga duch kelayotganligi, bunga oliy o‘quv yurti va vazirlik ayrim mutasaddilari bosh qo‘shganligi keskin tanqid ostiga olindi.
Muqaddam oliy ta'lim sohasida ishlab, ta'lim bilan bog‘liq poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari uchun 4 marotaba sudlangan U. Oliy ta'lim vazirligida mas'ul lavozimda ishlab, ta'lim bilan bog‘liq qator jinoyatlarga qo‘l urgan.
Jumladan, U. Rossiya va Ukraina tibbiyot oliygohlarida ta'lim olayotgan ikki nafar talabaning o‘qishini Toshkentdagi oliygohlarga ko‘chirish uchun 4 ming AQSh dollari olganligi fosh etilgan. Bundan tashqari, tergovda, U. yana 6 ta holatda o‘qishga kiritish, talabalarning o‘qishini tiklash va ko‘chirish masalasini hal qilishga va'da berib, 14 ming AQSh dollarini pora tariqasida olganligi aniqlangan.
Mavzuga oid
20:29 / 16.10.2025
Putin O‘zbekiston bosh prokurorini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi
17:24 / 06.09.2025
O‘tgan yili 900 mingga yaqin ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan - Bosh prokuror
20:55 / 29.08.2025
Oliy ta’lim vazirligi 5 ta xususiy universitetning qo‘shimcha litsenziyasini xatoga chiqardi. Adliya vazirligi xatolik bo‘lganini rad etdi
15:24 / 27.08.2025