Dunyodagi eng kiçik odam - Xagendra Tapa Magar 28 yoşida vafot etdi. Bu haqda Ginness rekordlar kitobi saytida ma'lum qilindi.
Xagendra Tapa Magar 1992 yilda Nepalda tuğilgan. U 67,08 santimetr böy bilan mustaqil harakatlaniş qobiliyatini saqlab qolgan dunyodagi eng kiçik odam deb tan olingandi. U Ginnes rekordlar kitobiga 2011 yilda kiritilgan. Ta'kidlaş joiz, Xagendra filippinlik Junrey Balauingdan 7 sm balandroq bölgan, ammo Balauing özi mustaqil yura olmaydi.
“Xagendra jamoatçilik e'tiboriga tezda tuşib, 2011 yilda Nepalning turizm sohasidagi köngilli vakili etib tayinlangandi”, deb eslab ötilgan xabarda.
Xagendraning döstlari aytişiça, u oxirgi vaqtda astma, yurak bilan boğliq muammolarga qarşi kuraşib kelgan. U 16 yanvarda Nepaldagi Manipal şifoxonasiga yotqizilgan va 17 yanvarda u yerda vafot etgan.
Endi özi mustaqil harakatlana oladigan dunyodagi eng kiçik odam maqomi 70,21 sm böyga ega kolumbiyalik Eduardu Nino Ernandesga ötdi.

















