Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Jahon banki 100 mln dollarlik zayom bitimi imzoladi
Jahon banki bilan «Obod qishloq» loyihasi bo‘yicha 100 million dollarlik zayom bitimi imzolandi
Joriy yilning 17 yanvar kuni bosh vazir o‘rinbosari - moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida 2019 yil mamlakatning hayotida bo‘lib o‘tgan moliyaviy-iqtisodiy o‘zgarishlar, davlat budjetining qonun shaklida qabul qilinishi va yangi soliq kodeksi muhokama qilindi.

Siril Myuller 2020 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganligi mamlakatning iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlarni davom ettirish zarur va samarali ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Uchrashuv doirasida, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining qishloq tumanlari ijtimoiy infratuzilmasi va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha 100 million AQSh dollarlik zayom bitimi imzolandi.
Bundan oldin, O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida sheriklik bo‘yicha yangi uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026