16 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanida psixiatr qabuliga kelgan, yoşi taxminan 40-45larda bölgan fuqaro poliklinika binosining ikkinçi qavatidan özini taşlamoqçi bölganligi haqidagi videolar tarqaldi.
IIV axborot xizmati xabarida aytilişiça, şu kuni soat taxminan 08:30larda Amudaryo tumani «Qiliçboy» ovul fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqaro profilaktika inspektori leytenant A.Yöldoşevga telefon orqali murojaat qilib, öz akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qözğigani sababli öziga piçoq urmoqçi bölayotganini ma'lum qilgan.
Profilaktika inspektori A.Yöldoşev çaqirilgan manzilga yetib borganida, haqiqatdan ham fuqaro Q.E. öz uyida oşxona piçoğini öziga urmoqçiligini aytib, baqir-çaqir qilayotganiga guvoh bölgan va fuqaroni tinçlantirib, uni qölidagi piçoqni olib qöygan hamda tegişli hujjatlar rasmiylaştiriş uçun uni ruhiy kasalliklar şifoxonasiga olib borgan.
Tuman markaziy şifoxonasining ikkinçi qavatida uşlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qoçiş niyatida ikkinçi qavat derazasini oşib ötib pastga sakramoqçi bölgan vaqtida profilaktika inspektorlari A.Yöldoşev va M.Dusenbayev uni uşlab qolgan.
Fuqaro Q.E. şu kunning özida kuni Nukus şahridagi ruhiy-asab kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.

















