Har jabhaga qaramang, quriliş va bunyodkorlik! Qisqa yillarda köçalar obod böldi, zamonaviy muassasalar barpo etildi.
Tumandagi “Döstlik” mahalla fuqarolar yiğinida joylaşgan “Şafoat Mehrijon” nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotining oçilişi keng kölamli islohotlarning yana bir davomi böldi.

Tadbirkor Sanjar Toşpölatov 900 mln söm öz mablağidan, bankdan esa 2 mlrd 700 mln söm kredit oldi va Turkiya, Koreya davlatlari tajribasidan andoza olgan holda zamonaviy boğçani işga tuşirdi.

Boğçaning oçiliş marosimida tuman hokimi Asrol Boykarayev va viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi boşliği Asror Almardonov iştirok etdi.

Asror Almardonovning ta'kidlaşiça, “Şafoat Mehrijon” nodavlat maktabgaça ta'lim taşkiloti Qaşqadaryoda yagona böldi. Hali viloyat miqyosida bunday keng imkoniyatlarga ega boğça faoliyati yölga qöyilmagan edi.

Ramziy lenta qirqilib, taşkilot rasman oçiq deb e'lon qilindi.
Mehmonlar şaroitlar bilan tanişar ekan, yuqoridagi sözlar öz isbotini topdi.

Bolajonlar uçun maşğulot xonalari, yotoqxona va yuviniş xonalari eng sönggi zamonaviy usulda jihozlangani e'tirofga sazovor böldi.

Boğça faoliyati bilan tanişar ekansiz, öziga xos betakror muhit sizni ham rom etadi. Bir zumga bolalikka yetaklaydi. Şirin xotiralarni yodga soladi.

- Avvalo, boğçani qurişda tumanimiz hokimi Asrol Boykarayevning yordamlari katta böldi. Quriliş işlarini boşlaşimizda yöl-yöriqlar körsatib turdilar,- deydi tadbirkor Sanjar Toşpölatov.




















