Şimoliy Koreyada taşqi işlar vaziri Ri Yong Xo lavozimidan olinib, uning örnini mamlakatning tinç birlaşiş qömitasi sobiq rahbari Ri Son Gvon egallaydi. Bu esa mamlakatning taşqi siyosatida jiddiy özgarişlarga olib kelişi mumkin. Bu haqda Pxenyandagi manbalarga iqtibos keltirgan holda NK News naşri xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, Ri Son Gvon 2018 yil boşidagi Koreyalararo muzokaralarda muhim rol öynagan. 

Taxmin qilinişiça, yangi taşqi işlar vaziri tayinlanişi 23 yanvarda Pxenyanda ötkazilişi rejalaştirilgan diplomat-rezidentlar uçun tadbirda yoki uning arafasida rasman e'lon qilinadi. 

Hozirgi taşqi işlar vaziri Ri Yong Xo öz lavozimini 2016 yildan beri egallab keladi. Ta'kidlanişiça, u xalqaro munosabatlar sohasida 38 yillik faoliyatga ega.