18 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan senator etib tayinlangan, 20 yanvar kuni yangi tarkibdagi Senatning ilk yalpi majlisida Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi etib saylangan Baxtiyor Sayfullayevning oldingi lavozimlari taqdiri söroq ostida qolmoqda.

Ayni vaqtda u Özbekiston madaniyat vaziri (20 yanvar kuni Abdulla Aripov hukumati parlament oldida öz vakolatlarini zimmasidan soqit qilişini ma'lum qildi va barça vazirlar özidan v.b böldi — tahr) va Özbekiston davlat konservatoriyasi rektori hisoblanadi.

Kun.uz manbasi Baxtiyor Sayfullayev vazir lavozimini tark etişi va uning örnini birinçi örinbosari Ozodbek Nazarbekov egallaşi kutilayotgani haqida ma'lum qildi.

Qayd etiş kerakki, odatda hukumat a'zosi qoida tariqasida senator bölolmaydi (avvalgi çaqiriqdagi Senatda senator bölgan Agrippina Şin vazir bölganidan keyin ham senatorligiça qolgandi). 

«Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida»gi qonunga köra, Senat a'zolari Senatda doimiy asosda işlaşlari mumkin. Senatda doimiy asosda işlovçi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining törtdan birigaça bölgan miqdorda belgilanadi. Ular senatorlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin emas.

Ammo qonunlarda qömita raisi qanday asosda işlaşi töğrisida aniq qoida keltirilmagan.

Ma'lumot uçun, avvalgi çaqiriqdagi Senat qömitalari raislari Senatda doimiy asosda işlagan va boşqa lavozimni egallamagan edi.

Baxtiyor Sayfullayev 2005 yildan Madaniyat va sport işlari vazirining birinçi örinbosari bölgan, 2012 yildan Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori lavozimida işlay boşlagan, 2017 yil avgustida esa Madaniyat vazirligiga rahbar etib tayinlangandi.

Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilning iyunida «Yoşlar» telekanali direktori etib tayinlangan, bu lavozimda bir oy işlagaç, lavozimini tark etib telekanalda boş prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirgan, 2017 yilning avgustida esa madaniyat vaziriga örinbosar