Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistondagi asosiy auditoriyaning ko‘rsatkichlari va turli servislardan foydalanuvchilarning faolligi bo‘yicha 2019 yil natijalarini yakunladi. OK tahlilchilari foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda bir-birlariga virtual sovg‘alarni faol taqdim etishlarini va videoqo‘ng‘iroqlardan foydalanishlarini va o‘n milliardlab video ko‘rishlarini aniqladilar. Auditoriya foydalanuvchilarning mamlakat hududida haqiqiy turar joyi bo‘yicha hisoblandi.

O‘zbekiston Odnoklassnikidan foydalanish bo‘yicha eng faol mamlakatlar top-5 ga kiradi. Auditoriyaning asosiy qismi oxirgi yilda o‘zgarishsiz qoldi — ular 25 dan 34 yoshgacha bo‘lgan yosh erkaklardir. Umuman olganda erkaklar O‘zbekistondagi OK foydalanuvchilarning umumiy sonining 78% ni tashkil etadi.
O‘zbekistonliklar kontentdan mobil qurilmalar orqali foydalanuvchilarning global trendlaridan qolishmaydilar va o‘z telefonlarida Odnoklassnikida bo‘lishni afzal ko‘radilar: ijtimoiy tarmoqqa kirishlarning 89% mobil qurilmalardan amalga oshiriladi.
2019 yilda Odnoklassniki o‘zining muhim xususiyatlari va asosiy biznes-yo‘nalishi kommunikatsiya servislariga e'tiborni qaratdi, ular yordamida foydalanuvchilar o‘zlarining samimiy his-tuyg‘ulari bilan ijtimoiy tarmoqdagi yaqinlari hamda do‘stlari bilan o‘rtoqlashadilar: virtual sovg‘alar, stikerlar, qo‘ng‘iroqlar. Bu yil yakunlariga ko‘ra kunlik auditoriyaning dinamikasi bo‘yicha ijobiy trend ko‘rsatish imkonini berdi.
Foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoq uchun o‘ta muhim bo‘lgan virtual sovg‘alar servisiga jalb etilganligi rekord darajada 3 martaga oshdi: har oyda jo‘natilgan sovg‘achalar 26 mln tagacha yetdi. Shuningdek xabarlar va izohlarda stikerlarning ommalashuvi ham rekord sur'atlarda o‘sib bormoqda. 2019 yil mobaynida o‘zbekistonlik foydalanuvchilar 22 mln dan ko‘p stiker yubordilar – bu 2018 yilga nisbatan 10 marta ko‘p demakdir.

OK foydalanuvchilari o‘tgan yilda yangiliklar lentasida do‘stlari va tanishlarining hayotiga oid hodisalariga ko‘proq o‘z munosabatlarini bildirdilar. OKda mashinali o‘qitish bazasida do‘stlarni hatto eski rasmlari bo‘yicha ham avtomatik tarzda qayd etishni taklif etadigan shaxslarni tanish texnologiyasi va aqlli lentaning yangi algoritmlari tufayli “Klass” va boshqa hissiyotlar miqdori bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatildi: bir sutkada 240 million va bir sekundda 5000 dan ortiq.













